14:12 / 26.02.2017
43099

FVV: "Ohangaron"da hamma yoq tinch!

Turli xorijiy ommaviy axborot vositalarida Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qoramollar orasida oqsil kasalligi tarqalganligi to‘g‘risida ma'lumotlar tarqatildi. Qishloq va suv xo‘jaligi davlat veterinariya Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Oqqiyev boshchiligida bir guruh veterinariya mutaxassislari Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida joyiga chiqqan holda epizootik vaziyatni o‘rganib chiqishdi.

«Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish usulida veterinariya mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida yirik shoxli va mayda shoxli qoramollar orasida oqsil kasalligi belgilari aniqlanmadi. O‘rganilgan xonadonlarda qoramollardan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olindi.

Shu hududda istiqomat qiluvchi xonadonida qoramollari bor fuqarolar bilan suhbatlashilganda, qoramollarni oqsil kasalligi bilan kasallanganligi va nobud bo‘lganligi bo‘yicha umuman xabarlari yo‘qligi aniqlandi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat veterinariya Bosh boshqarmasi tomonidan 2016 yilda 4,5 mln doza miqdorida oqsil kasalligiga qarshi emlama sotib olingan va respublikaning bufer hududlaridagi barcha yirik shoxli qoramollar emlangan. 

Hozirgi kunda respublika hududida epizootik vaziyat o‘zgarishsiz va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q.

Top