15:59 / 26.02.2017
66693

Bu 17 yoshli yigitning so‘nggi kuni bo‘lishi mumkin edi...

Hindistonda yashovchi 17 yoshli Ankur Ray yurak sohasida virus natijasida yuzaga kelgan kasallik sabab transplantatsiya amaliyotiga muhtoj bo‘lib qoldi. Daily Mail shu haqida xabar berdi. 

Hindiston tibbiyot fanlari instituti shifokorlari agar yurak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazilmasa, yigitning bir haftadan ortiq yashamasligini aytishdi. 

Ankur Rayni sun'iy yo‘l bilan hayotni qo‘llab turuvchi uskunaga o‘tkazish va mo‘'jiza yuz berishini kutishdan o‘zga chora qolmagandi. Ta'kidlash joizki, Hindistonda diniy sabablarga ko‘ra, organlar donorligi jarayoni yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. 

Yettinchi kuni institut shifokorlari ikkita yurak topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ulardan birini ko‘chirib o‘tkaza olishmadi, shunda tibbiyot xodimlari Jaypurdan kelgan ikkinchi yurakni jarrohlik yo‘li bilan ko‘chirib o‘tkazishdi. Yigit shifokorlar tomonidan "belgilangan" so‘nggi kunda saqlab qolindi. Hozir u intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda. 

"Yetti kun ichida yurak topish oson bo‘lmadi, biroq kutilmaganda mo‘'jiza ro‘y berdi. Biz shifokorlardan juda minnatdormiz", - deydi Ankurning otasi. 

Top