09:21 / 26.02.2017
12715

Demokratlar partiyasining yangi rahbari: Men Trampning «tungi dahshati»ga aylanaman

Mehnat vazirligining sobiq rahbari, Demokratlar partiyasining milliy qo‘mitasi raisi sifatida saylangan Tom Peres AQSh prezidenti Donald Trampning istehzoli tabrigiga javob qaytardi.

«Meni Tom deb chaqiring va juda ham xursand bo‘lmang. Kit Ellison, men va barcha demokratlar sizning tungi dahshatli tushingizga aylanamiz», — deya yozgan Peres tvitterida.

Bundan oldinroq Tramp bu yangilikdan keyin shunday degandi: «Peres uchun xursand bo‘laymi yoki Respublikachilar partiyasi uchunmi?».

25 fevral kuni Peres Demokratlar partiyasining yangi rahbariga aylandi.

Peres saylovning ikkinchi turida 218 ovoz zarur holatda 235 ovoz olib g‘olib bo‘ldi. Uning asosiy raqibi partiyaning Minnesota shtatidagi vakili Kit Ellison bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, Peresni sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining a'zolari, xususan vitse-prezident Jo Bayden qo‘llab-quvvatlaydi.

Top