22:14 / 26.02.2017
14120

Londonda olomon avtomobilda bosib ketildi

Foto:TWITTER / @TINKLYBOO

Londonning janubida haydovchi avtomobilda bir guruh piyodalarni bosib, yo‘l chetidagi panjaraga borib urildi. The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, voqea 26 fevralda Bellingem tumanida yuz bergan.

Avariya oqibatida 5 kishi jarohat olgan va shifoxonaga olib ketilgan. Shahardagi favqulodda hodisalar haqidagi ma'lumot chop etiluvchi @Kent_999s tvitter-akkauntida ma'lum qilinishicha, 3 kishi – ikki erkak va bir ayol og‘ir ahvolda. 

Daily Star nashrining ta'kidlashicha, avtomobil haydovchisi mashinani xavfli haydash gumoni bilan hibsga olingan. Ma'lum qilinishicha, u mast holatda bo‘lgan. 

@LEWISHAMLICKS

25 fevralda shunga o‘xshash voqealar Germaniyaning Geydelberg shahrida hamda AQShning Yangi Orlean shahrida yuz berdi. Geydelbergdagi hodisada haydovchi bir guruh odamlarni bosib ketishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi. Erkak voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganda, politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Yangi Orleandagi fojiada mast holatda bo‘lgan yosh yigit odamlarni bosib ketishi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohatlangan. 

@LEWISHAMLICKS
Mavzuga oid
Top