09:51 / 26.02.2017
16850

Obamaning tashrifi manhettenliklarni hayratga soldi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani 24 fevral kuni Manhettenda uchratishdi.

Mashable xabariga ko‘ra, u qora kostyumda, oq ko‘ylakda bo‘lgan. U galstuk taqmagan, ko‘zida qora ko‘zoynak bo‘lgan. Obamaning kutilmagan tashrifi hudud aholisi va sayyohlarni hayratda qoldirdi.

Amerikaliklarning sobiq yetakchisi Beshinchi avenyuga tashrif buyurgandi. Hududda to‘plangan kishilar uni olqishlashgan. Obamaning Nyu-Yorkka kelishi sabablari hozircha noma'lum.

Bir kun oldin Obama katta qizi Maliya bilan Brodveydagi teatrga kelgan va Artur Millerning "Baho" nomli spektakliga (unda Denni DeVito va Mark Ruffalo rol ijro etgan) tushgandi. Shundan so‘ng ota va qiz italyancha Emilio's Ballato nomli restoranda kechki ovqatda bo‘lishgandi.

 

Top