00:38 / 26.02.2017
9381

Peruda yo‘lovchilar bilan liq to‘la avtobus oqimni kechish vaqtida ag‘darilib ketdi

Peruning Piura viloyatida yo‘lovchilar bilan liq to‘la avtobus haydovchisi yo‘lida uchragan suv oqimini kechib o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq avtobus oqim bilan ag‘darilib yuborildi. Bu haqda Peru21 nashri ma'lum qildi. Ushbu voqea tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.  

Avtobus haydovchisi uning yo‘lida Rio-Seko daryosida suv sathi oshgani sababli paydo bo‘lgan suv oqimini kechib o‘tmoqchi bo‘lgan. Noma'lum sabablarga ko‘ra haydovchi bu xavfli harakati oldidan yo‘lovchilarni avtobusdan tushirib qoldirmagan. Haydovchi avtobusni suvdan olib o‘tayotganda oqim transport vositasini ag‘darib yuborgan va chetga oqizib ketgan.

Voqea oqibatida rasman hech kim jabrlanmagani ma'lum qilingan, biroq mahalliy televideniye ikki kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan.

Top