16:25 / 26.02.2017
20192

Roza O‘tunbayeva Tekebayevning qo‘lga olinishiga qarshi mitingga chiqqanlarni birlashishga chaqirdi

© Sputnik

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi oldida parlament deputati, muxolifatchilar yetakchisi O‘murbek Tekebayevning qo‘lga olinishiga qarshi namoyishchilar to‘plandi. Mitingga sobiq prezident Roza O‘tunbayeva ham chiqqan.

Sobiq davlat rahbari mitingga chiqqanlarni birlashishga chaqirgan.

«Biz Tekebayevni Qirg‘izistonda boshqaruvning parlament shakli asoschisi sifatida taniymiz. Aybsizlik prezumpsiyasi mavjud bo‘lib, Tekebayevga unga 100 foiz mos tushadi», degan O‘tunbayeva.

«Ota Makon» partiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu norozilik aksiyasi oldindan e'lon qilinmagan holda uyushtirildi. Partiya yetakchisi Istanbuldan Bishkekka uchib kelganida, aeroportda 48 soat muddatga qamoqqa olindi.

Bosh prokuratura O‘murbek Tekebayevga korrupsiya va firibgarlik bo‘yicha ish ochgan.

Mavzuga oid
Top