23:46 / 26.02.2017
20717

"Titanik" va "O‘zgalar" filmlarida rol ijro etgan taniqli aktyor vafot etdi

Foto: AP

"Titanik", "O‘zgalar", "Apollon-13" va boshqa ko‘plab mashhur filmlarda rol ijro etgan amerikalik taniqli aktyor Bill Pekston 61 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda TMZ portali.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, aktyor 25 fevralda operatsiyadan keyingi asoratlar oqibatida vafot etgan. 

"Yurakda og‘riq bilan Bill Pekston hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilamiz", deb aytilgan xabarda. Pekstonning ortidan rafiqasi va ikki farzandi qoldi.

Aktyor 40 yillik faoliyati davomida ko‘plab mashhur filmlarda, jumladan, "Terminator" (1984), "O‘zgalar" (1986), "Yirtqich-2" (1990), "Apollon-13" (1995), "Quyun" (1996) va "Titanik" (1997) filmlarida rollar ijro etgan. Pekston uch marta "Oltin globus" sohibi bo‘lgan: ikki marta eng yaxshi erkak roli va bir marta "Katta muhabbat" serialidagi roli uchun taqdirlangan.

Mavzuga oid
Top