09:59 / 26.02.2017
3310

Tokio marafonida keniyaliklarning qo‘li baland keldi

Uilson Kipsang. © EPA/JUSTIN LANE

Yaponiya poytaxtida yakshanba kuni 11-bor o‘tkazilgan Tokio marafoni keniyalik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechdi. Yugurishda jami 36 ming kishi ishtirok etdi.

Erkaklar o‘rtasida eng yaxshi natijani (2:03:58) 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi Uilson Kipsang qayd etdi. Bu Tokio marafoni tarixida ko‘rsatilgan eng tez vaqt bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni ham keniyaliklar egalladi - Gideon Kipkemoi (2:05:51) va Dikson Chumba (2:06:25).
Ayollar o‘rtasida esa birinchi o‘rinni Lissabon marafoni g‘olibi, keniyalik Sare Chepchirchir qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun: Tokio marafoni 2007 yildan buyon har yili o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etuvchi va tomoshabinlar yugurish bahsini jiddiy musobaqa deb emas, bayram sifati o‘laroq qabul qilishadi.

Top