Rossiyalik aralash kurashlar jangchisi Abubakar Vagayev braziliyalik Luiz Dutrega qarshi jangning 31-soniyasidayoq texnik g‘alabaga erishdi. Braziliyalik sportchi manevr ishlatish vaqtida jarohat olgach, jangni davom ettira olmadi.
Bu jang "Axmat" saroyida tashkil etilgan. Vagayev uchun bu g‘alaba faoliyatidan o‘n uchinchisi bo‘ldi.