23:33 / 26.02.2017
7800

Zamonaviy matematik fizikaning asoschilaridan biri vafot etdi

Foto: ludvigfaddeev.spbu.ru

Atoqli rossiyalik olim, fizik-nazariyotchi va matematik, zamonaviy matematik fizikaning asoschilaridan biri Lyudvig Faddeyev 83 yoshida vafot etdi. 

Lyudvig Faddeyev 200 dan ko‘proq ilmiy ishlar va 5 monografiya muallifi, fizika-matematika fanlari doktori, Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi a'zosi, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori bo‘lgan. 

2016 yil avgustda kvant nazariyasi bo‘yicha 23-xalqaro anjumanda Faddeyev nomidagi medalning ta'sis etilishi e'lon qilingandi. Rossiya Fanlar akademiyasi rahbari Vladimir Fortovning aytishicha, olimning hayotligida uning nomi bilan medalning atalishi noyob hodisa hisoblanadi. "Ehtimol, bunday yagona mukofot Maks Plank nomiga u hayotligida ta'sis qilingan. Bu mukofotning ilk sovrindori Albert Eynshteyn bo‘lgan", deb aytdi Fortov. 

"Nauchnaya Rossiya" nashrining yozishicha, Faddeyevning "Uch zarra tizimi uchun yoyilish  nazariyasi" ishi uni fandagi butun bir yo‘nalishning muallifiga aylantirgan va bugungi kunda bu sohadagi izlanishlar kvant fizikasining "oldi" hisoblanadi.

Top