11:05 / 27.02.2017
49007

Bilib qo‘ygan yaxshi: ikki plastik idish yordamida yaroqsiz suvni filtrlash usuli

Ushbu maqola muallifiga ichishga yaroqsiz bo‘lgan suvni qanday tozalashni bilgani, uning o‘tgan yilgi Turkiya tog‘lariga safari chog‘ida juda asqotdi. Uning yozishicha, ular sayohat chog‘ida changalzorga duch kelgan hamda yo‘ldan adashib qolishgan. Suv zaxirasi esa tobora kamayib, quyosh esa ayamasdan qizdirardi. 

Sayohatchilar bir necha kilometrlardagi suv manbaiga yetib borishganida uning haddan ortiq iflosligidan hafsalalari pir bo‘lganini ta'kidlaydi maqola muallifi. Gap shundaki, suv umuman ichishga yaroqsiz holda edi! Shunday vaziyatga tushib qolganda nima qilish kerak? Buning uchun oddiy suv filtrlovchi qo‘lbola qurilmani yasashingizga to‘g‘ri keladi. 

Shunday qilib, quyi baklashkadagi suv quyoshda qizib, asta-sekin bug‘lanadi. Bug‘lar plastik quvurcha orqali yuqoridagi idishga to‘planadi. Bu yerda kondensat hosil bo‘ladi. Natijada tozagina chuchuk suvga ega bo‘lasiz. Ta'kidlash joizki, u haqiqiy ma'noda toza bo‘ladi. Albatta, bu usulga ko‘proq vaqt talab qilinadi, biroq ekstremal vaziyatlarda qo‘l kelishi shubhasiz. 

Maqola muallifi bilan bog‘liq vaziyat ham yaxshi xotima bilan tugagan. Birmuncha vaqtdan so‘ng, ular tog‘da cho‘ponga duch kelishgan, u o‘zining suv zaxirasini sayyohlarga taqdim etgan. 

Mavzuga oid
Top