20:07 / 27.02.2017
4979

Fujairah Open – 2017: O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro turnirni uchta oltin medal bilan tugatishdi

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Birlashgan Arab Amiriklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan Fujairah Open – 2017 xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 550 ga yaqin taekvondochi qatnashdi.

Kadetlar bahsida O‘zbekiston vakillari Amirbek To‘rayev, Azizbek Rahmonberdiyev va Daniil Kim barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Javohir Xolmurodov kumush medal bilan taqdirlandi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchi Zuhra Ochilova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. Shuningdek, Islom Yo‘ldoshev, Dinora Muxtorova hamda Feruza Sodiqova o‘z vazn toifalarida bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan  kattalar bahsida Nikita Rafalovich, Shuhrat Salayev, Nigora Tursunqulova kumush, Valentin Xegay, Maksim Rafalovich, Temur O‘rolov, Maftuna Ergasheva, Svetlana Osipova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari “Fujairah Open – 2017” xalqaro turnirida 3 oltin, 5 kumush va 8 bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Top