14:42 / 27.02.2017
14561

Millionerlar diniy ziddiyatlar tufayli Fransiyani tark etishmoqda

Millionerlar diniy ziddiyatlar tufayli Fransiyani tark etmoqda. Bu haqda New World Wealth’ning badavlat kishilarning dunyodagi turli davlatlarga ko‘chib borishiga bag‘ishlangan fevral oyi hisobotida aytiladi.

Hisobotda aytilishicha, Fransiyada – xabar qilinishicha, 2016 yilda taxminan 12 ming millioner mamlakatni tark etdi. Bu nasroniylar va musulmonlar o‘rtasidagi (ayniqsa katta shaharlarda) ziddiyat bilan bog‘liq. "Biz Fransiyadan millionerlarning ko‘chib ketishi keyingi o‘n yillikda yanada tezlashishini kutmoqdamiz, sababi bu nizoning kuchayishi ro‘y bermoqda. Bizning monitoringga ko‘ra, diniy nizolar paydo bo‘layotgan boshqa Yevropa davlatlari, xususan, Belgiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gollandiya va Shvetsiyada ham yaqin kelajakda shunday salbiy oqibatlar yuzaga keladi", - deya hisobotdan iqtibos keltirgan Hindistonning Business Standard gazetasi.

Layfning xabar berishicha, fransiyalik tadqiqotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, ushbu mamlakatning ko‘plab qismlarida hokimiyat funksiyalarini jinoiy guruhlar o‘z qo‘liga olgan hamda ular nasroniylar va yahudiylarga qarshi kayfiyatda. Fransiyadan so‘nggi yillarda minglab yahudiylar “kirish uchun taqiqlangan shunday hududlarda” qolgani sabab ko‘chib ketishgan. 

Top