00:33 / 27.02.2017
8184

MWC 2017: Yana 2ta flagman taqdim etildi

Barselonadagi MWC 2017 ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasi ikki flagmanini taqdim etdi — Huawei P10 va P10 Plus.

Ushbu ikki smartfon avvalgi modeldan farqli ravishda nafaqat asosiy kamera, balkim old kamerada ham Leica optikasi o‘rnatilgan. Asosiy kamera 12 va 20 megapikselli ikki moduldan iborat. Bundan tashqari, kompaniya aniqlash tizimining yaxshilanganini ma'lum qildi. Ekran atrofidagi ramka 50 foizga yupqaroq qilindi. 

Huawei P10 5,1 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan. Shuningdek, unga 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira va 3200 mAs akkumulyator o‘rnatilgan. 

Huawei P10 Plus esa 5,5 dyuymli Quad HD ekraniga ega bo‘lib, unda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira (6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega versiyasi ham mavjud) va 3750 mAs akkumulyator mavjud. 

Smartfonlar 2,5 GGts taktli chastotada ishlaydigan 8 yadroli HiSilicon Kirin 960 protsessorida ishlaydi. Shuningdek, ular LTE cat 12, Wi-Fi (802&11 a/b/g/n/ac), NFC, Bluetooth 4.2, USB Type-C porti va Huawei SuperCharge 3.0 tezkor zaryadlash funksiyasini ham qo‘llab quvvatlaydi. 

Huawei P10 va P10 Plus 2017 yilning mart oyidan sotuvga chiqadi. Ularning dastlabki bahosi 649 yevro va 699/799 yevro qilib belgilangan. 

Top