16:57 / 27.02.2017
7555

Suriya armiyasi Damashq atrofini jangarilardan tozalashga kirishdi

© AP Photo

Suriya armiyasi jangchilari poytaxt Damashq shahri atrofidagi hududda joylashgan Kabun kvartalida harbiy amaliyot boshladi. Bu haqda "Al-Mayadin" telekanali xabar tarqatgan.

Ikki hafta muqaddam Suriya armiyasi bosh qo‘mondonligi buyrug‘i bilan Kabunga varaqalar tashlangan, jangarilardan qurollarni topshirib, taslim bo‘lish so‘ralgandi. Aks holda, hukumat qo‘shinlari harbiy yurish boshlanishidan ogohlantirilgandi.

Damashqdan sharqdagi bu hudud ayni vaqtda "Ahror ash-Shom" va "Jabhot an-Nusra" jangarilari nazoratida hisoblanadi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top