20:52 / 27.02.2017
38747

Video: Yo‘lda qoldirilgan Malibu o‘t o‘chiruvchilarga xalaqit qildi

27 fevral kuni Toshkent shahrining Oloy bozori yaqinidagi ko‘p qavatli ma'muriy binoda yong‘in chiqdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida joylashtirilgan videoda hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilari kichik yo‘llardan birida qoldirilgan Malibu sabab biroz ushlanib qolgani aks etgan.

Natijada o‘t o‘chiruvchilar bir guruh odamlar bilan birgalikda Malibu’ni ma'lum bir masofagacha surib borib, narvonli o‘t o‘chirish mashinasi uchun yo‘l ochishgan.

Ijtimoiy tarmoqdagilar Malibu egasini tanqid ostiga olishgan.

Top