17:50 / 28.02.2017
48203

Aql bovar qilmaydi: Saudiya Arabistoni podshohining safardagi yuki – 450 tonna

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz al Saud mart oyi boshida Indoneziyaga tashrif buyuradi. Uning ushbu xorijiy safardagi yuki 450 tonnani tashkil etadi, deb yozmoqda Jakarta Post gazetasi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni podshosi Indoneziya poytaxti Jakarta va Bali oroliga tashrif buyurishi xabar qilingan edi. U bilan birga dunyodagi eng ko‘p musulmon aholi istiqomat qiluvchi davlatga 1,5 ming kishi sayohat qiladi. 

Nashrning yozishicha, 63 tonna yuk Jakartaga keltiriladi, qolgan 396 tonnasi Bali oroliga yetkaziladi. Ular orasida ikkita Mercedes-Benz S600 avtomashinasi ham bor. Ular allaqachon orolda podshohni kutmoqda. Shu bilan birga, yuklar ro‘yxatida ikkita elektrli liftni ham ko‘rish mumkin. 

Saudiya podshosiga Jakartada 178 kishi, Balida 394 kishi xizmat ko‘rsatadi. 

Tashrif 1-9 mart kunlari amalga oshadi. 

Top