09:10 / 28.02.2017
10413

Har bir soniya yoningizda

Zamonaviy dunyoni barmoqning bir harakati bilan yopish hamda cho‘ntakka solib qo‘yish mumkin. Kaftga teng bo‘lgan joyni egallovchi innovatsion texnologiyalar bizga nafaqat dunyoda sodir bo‘layotgan voqealardan har bir soniyada xabardor bo‘lish, balki sevimli va yaqin insonlarimizning, ulardan minglab kilometr uzoqda bo‘lgan holda,yonida bo‘lish imkonini beradi.

Bunga misollar yetarlicha. Aqlli soatlar – u ota-onalarga bolani kun davomida harakatlanishi, shuningdek uning holati: yurak urishi, qon bosimi, faolligini nazorat qilib turish imkonini beradi. Nafaqat fotosuratlar, balki videolarni ham yuqori sifatda yetkazib berishga qodir smartfonlar. Ba'zida sevimli kishingiz, kulayotgan farzandingiz, do‘konda yoqib qolgan narsalar, ajoyib kun botishi haqidagi fotosuratlarni tezkorlik bilan yetkazish talab etiladi! LG smartfonlari – bu nafaqat muloqot uchun qurilma. Bu, agar istasangiz, butunboshli studiya bo‘lib, u zamonaviy insonga o‘zini barcha yo‘nalishlarda ko‘rsatishga, yaratishga, ijod qilishga – ko‘chada, poyezdda, samolyotda yordam beradi. Ilhom tezkor harakat va qarorlarni talab qiluvchi barcha yerda. Eng asosiysi – siz ham doim o‘zligingizda qolasiz, sababi LG bor e'tiborni foydalanuvchining shaxsiga qaratadi.

“Narsalar interneti” texnologiyasi ajoyib uy bekalariga o‘z yaqinlari haqida dunyoning istalgan burchagidan qayg‘urish imkonini beradi: mikroto‘lqinli pechda taom isitib berish, kir yuvish mashinasini qo‘yish, bo‘sh qolgan muzlatgichga narsalar xarid qilish, turmush o‘rtog‘i va farzandlariga muddati tugayotgan mahsulotlarni yeyish haqida eslatish. LG kompaniyasi birlamchi ta'm va taom mazasini saqlab qoluvchi juda ham aqlli muzlatgichlar yoki mikroto‘lqinli pechlarni yaratib, aynan shunday imkoniyatni taqdim etdi. Sizning hozir qayerda ekanligingiz ahamiyatsiz – go‘zallik salonidami yoki Londondagi ish bo‘yicha anjumandami. Siz yaqinlaringiz yonida bo‘lish, ular haqida qayg‘urish va ularga o‘z muhabbatingiz haqida gapirishni istalgan vaqtda amalga oshirishingiz mumkin. 

Hattoki sizga eng yaqin insonlar yoningizda bo‘lishsa ham, bu iliq va qulay holatni yanada yaqinroq qilish imkoni bor! LG’dan SmartTV va 4K texnologiyasiga ega uy kinoteatrlari hattoki eng ko‘p sonli oilani ham televizor ekrani yonida sevimli oilaviy komediyani ko‘rish maqsadida jamlashi mumkin. Keng ko‘rish burchagi tufayli har bir tomoshabin tasvirni ajoyib sifatda ko‘rishi, tovush, rang va hajmdan zavqlanishi mumkin.

Zamonaviy hayotning juda tezkorligi hamda tuganmas ma'lumotlar hajmi bizni yaqin muloqotdan mahrum qilayotgandek tuyulayotgan bir paytda, yordamga aql bovar qilmas ishlanmalar keladi, ular insonlarga yaqinlashish, bir-birini his etish va eng muhim narsalar bilan bo‘lishishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Top