17:18 / 28.02.2017
19138

Foto: arxitektor eski sement zavodini ajoyib uyga aylantirdi

Arxitektor Ricardo Bofill 1973 yilda Barselona shahri yaqinida yarim vayronaga aylangan sement zavodiga duch keldi. O‘shanda u La fábrica loyihasini boshlab, sanoat hududidagi zavodni turarjoy va ishxonaga aylantirishga ahd qildi. 

Zavod Birinchi jahon urushi davrida ishlagan, shundan so‘ng, uzoq vaqt tashlandiq holda bo‘lgani tufayli bino yemirila boshlagan. Bofill va uning jamoasi bir necha yilni ta'mirlash ishlariga sarflashgan, binolarning ayrim joylari qisman buzilgan.

Bundan tashqari, o‘simliklarga ham katta e'tibor berilgan. Chirmoviq o‘tlar, evkaliptlar, palma va zaytun daraxtlarining turli navlari ekilgan. 

Hozirda, sobiq zavod xonalarining birortasi boshqasini takrorlamaydi. 

La fábrica loyihasi ishga tushirilganiga 40 yildan oshgani va yangilangan ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatayotganiga qaramay, arxitektor hamon o‘zining noan'anaviy turarjoyini takomillashtirishda davom etmoqda. 

Top