14:24 / 28.02.2017
6179

Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yaqinlashmoqda

© AFP

Mo‘sulning g‘arbiy qismi qamalini davom ettirayotgan Iroq qo‘shinlari shahar hokimiyati binosiga yaqinlashdi. Bu haqda armiyadagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Iroqlik harbiylar, shia va kurd bo‘linmalari hamkorligida 2016 yilning 17 oktabridan buyon IShIDga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliyotlarni AQSh aviatsiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. 17 yanvar kuni Mo‘sulning sharqiy qismi ozod qilindi.

Fevral oyi o‘rtasida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharning g‘arbiy qismini jangarilardan ozod etish uchun janglar boshlangani haqida e'lon qildi. 24 fevral kunlari iroqlik harbiylar shahar chekkasidagi jangarilar bazasini yakson etdi va shaharga kirdi, shuningdek, ushbu hududda joylashgan aeroport ustidan nazorat qo‘lga olindi.

Top