13:46 / 28.02.2017
8037

Kim Chen Namning qotilligida gumonlayotganlar o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin

Foto: AP

Malayziya bosh prokurori Muhammad Afandi Ali Indoneziya va Vetnam fuqarolari bo‘lgan ikki ayolga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Namga suiqasd qilish ishi bo‘yicha qotillik haqida ayblovlar qo‘yilishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ayollar hozircha qotillikni amalga oshirishda ayblangani yo‘q, biroq unga aloqador bo‘lishlari mumkin. Bosh prokuror so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Malayziya JKning 302 qismi bo‘yicha sud qilinadi. Agarda ularning aybi tan olinsa, ayollar o‘lim jazosiga mahkum etilishi yoki umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

«Men tasdiqlashim mumkin [bu ma'lumotni]», - deya yozgan u agentlikka.

Gumonlanuvchilar Indoneziya hukumatiga kimnidir chuv tushirish jarayonida ishtirok etishayotgani haqida o‘ylashganini ma'lum qilishgan. Indoneziya fuqarosi bo‘lmish Siti Aysiyaning aytishicha, VX zaharli moddasi yordamida qotillikni tashkil etishga ko‘maklashgani uchun 90 AQSh dollari olgan. U o‘ziga bolalar moyi deyishgan modda bilan Kim Chen Namning yuziga surtgan, natijada bu zahar bo‘lib chiqdi.

Top