22:41 / 28.02.2017
20274

Shimoliy Koreya TIVda Kim Chen Namning o‘limiga izoh berildi

Shimoliy  Koreya diplomati Chu Yon Tsoy Jyenevadagi qurolsizlanishga bag‘ishlangan konferensiyada KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘limiga izoh berdi. Reuters shu haqida xabar berdi

"KXDR hech qachon kimyoviy qurol ishlab chiqarmagan, saqlamagan ham - bizning pozitsiyamiz ma'lum. Biz Malayziyadagi voqea yuzasidan bildirilgan taxmin va mish-mishlarni mutlaqo inkor qilamiz", - deydi diplomat.

Bundan avval Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byonse KXDRga nisbatan qat'iy choralar ko‘rishga, jumladan BMTga a'zolik huquqlaridan mahrum qilishga chaqirgandi.

14 fevral kuni Malayziya politsiyasi Kim Chen Namning o‘limini tasdiqladi. Keyinroq aeroportda ikki ayolning unga hujum qilganligi ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top