09:50 / 28.02.2017
25872

Toshkent aeroportining yangi terminali ko‘rinishi

Toshkent aeroportining 2019 yilda qurib bitkazilishi kutilayotgan “Toshkent-4” terminali loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qiymati 430 million dollardan ko‘proqni tashkil etuvchi ushbu loyihaga qaraganda, “Toshkent-4”ning maydoni 87 ming kvadrat metr bo‘lib, yiliga 5,7 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Terminal 4 qavatdan iborat bo‘lib, 36 samolyotni sig‘dira oladigan perron, shuningek avtomobillar turargohiga ham ega bo‘ladi. Qurilish ishlariga 3 yil vaqt sarflanadi hamda qurilish-montaj ishlari joriy yilda boshlanadi.

 

Top