23:11 / 01.03.2017
4124

Yevrokomissiya rahbari ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaydigan bo‘ldi

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaydi. U bu haqda Bryusselda Yevroparlamentdagi nutqi vaqtida aytib o‘tdi.

"Men ikkinchi muddatga da'vogarlik qilmayman. Biroq ishoning, men charchaganim yo‘q, aksincha", deb aytgan Yunker.

Yunker Yevrokomissiya raisi etib 2014 yilda tayinlangan, uning vakolatlari 2019 yil kuzida yakunlanadi.

Mavzuga oid
Top