20:46 / 01.03.2017
5640

Yevropa Ittifoqining inqirozdan chiqishining 5 ta varianti taklif qilindi

Foto: Getty Images

Yevrokomissiya Brexit sababli Yevropa Ittifoqida yuzaga kelgan inqirozdan chiqishning bir necha variantini ishlab chiqdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda

Yevrokomissiya boshlig‘i Jan-Klod Yunker boshchiligida Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniyasiz kelgusi rivojlanishining 5 ta ssenariysi yaratildi. Ular "Oq kitob"ga birlashtirildi. Bu hujjat 1 martda imzolanishi kerak. Bu hujjat Rimda 25 martda o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinadi.

Ushbu ssenariylar quyidagicha nomlangan: "Kamroq, biroq samaraliroq qilish", "Birgalikda ko‘proq qilish", "Ushbu yo‘nalishni davom ettirish", "Faqat yagona bozor", "Kim ko‘proq olmoqchi bo‘lsa, ko‘proq qilishi kerak". Yunkerning aytishicha, "barcha muammosiz birga ishlashi mumkin deb tasavvur qilingan davrlar o‘tdi".
 
Taklif qilinayotgan variantlar Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan tanqidga uchradi. Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan beriladigan yordam pullari kesib tashlanishidan xavotir bildirishmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu rejalar Yevropa institutlari tizimi va amaldagi shartnomalarning jiddiy o‘zgarishiga olib kelmasligi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top