15:08 / 01.03.2017
15859

Hindistonda Coca-Cola va Pepsi'ga boykot e'lon qilindi

Hindistonning Tamil-Nadu shtatida minglab do‘konlar 1 mart kunidan boshlab Coca-Cola va Pepsi ichimliklaridan voz kecha boshlashdi. Bu haqida BBC xabar berdi

Boykot shtat savdo assotsiatsiyasining xorijiy gazli ichimliklardan voz kechib, ularning o‘rniga mahalliy savdo markalarini sotishga oid chorloviga bog‘liq. 

Faollar xalqaro kompaniyalarni Hindistonning suv resurslarini ekspluatatsiyasida ayblashmoqda, bu payt esa fermerlar qurg‘oqchilikdan azob chekmoqda. 

O‘tgan oyda shtatda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, unda birinchi marta boykotga chorlov yangradi. Norozilik aksiyasidan keyin shtatda Pepsi va Coca-Cola mahsulotlariga bo‘lgan talab kamaya boshladi. 

Savdo assotsiatsiyalarida ma'lum qilishlaricha, aholining o‘zi xorijiy gazli ichimliklarni iste'mol qilishni istamayapti. 

1 martdan savdo assotsiatsiyasiga kiruvchi mayda do‘konlar xorijda ishlab chiqarilgan ichimliklarni sotib olishni to‘xtatishgan. Indian Express gazetasining yozishicha esa, boykot amalda qo‘llana boshlanishidan oldin do‘konlarda bu ichimliklar katta chegirmalar bilan sotilgan. 

Hozircha bir necha oy ilgari buyurtmani rasmiylashtiruvchi yirik savdo tarmoqlarining xorijiy ichimliklarni sotish yo sotmasligi noma'lum. 

Top