15:40 / 01.03.2017
6302

Kichik Floyd Meyvezerning 120 ming funt sterlinglik narsalari o‘marildi

Jinoyatchilar amerikalik bokschi kichik Floyd Meyvezerning Las-Vegasdagi uyidan 120 ming funt sterlinglik buyumlarni o‘g‘irlab ketishdi.

Britaniyaning Mirror nashri bergan xabarga ko‘ra, kichik Meyvezer Los-Anjyelesda o‘zining 40 yoshini nishonlayotgan paytda, jinoyatchilar eshikni buzib uyga kirishgan, so‘ngra bir qancha qimmatbaho buyumlarni, xususan soatlarni o‘marib ketishgan. O‘g‘irlik tufayli yetkazilgan zararning umumiy miqdori 120 ming funt sterlingga baholanmoqda.

Avvalroq katta Floyd Meyvezer UFC’ning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregor bilan o‘g‘lining o‘rniga jang o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Top