17:13 / 01.03.2017
6322

Meksika sobiq prezidenti Trampning kongressga murojaati ustidan kuldi

Meksika sobiq prezidenti Visente Foks Kesada AQSh yetakchisi Donald Trampning kongressga qilgan murojaatiga izoh berdi. U Meksikani 2000-2006 yillarda boshqargan, deb yozadi Telegraph.

«Men bu devor uchun, u tezroq paydo bo‘lishini istashim sabab o‘zim pul to‘lagan bo‘lardim» - deya yozgan u Tvitter’dagi sahifasida. Sobiq prezident xabarga AQSh prezidentining «to‘rt devor ichida» turgani tasvirlangan suratni ham qo‘shib qo‘ydi.

Nashrning yozishicha, Tramp chiqishi umuman olganda ijobiy baholanganiga qaramay, avval bergan bayonotlaridan voz kechmadi hamda hamon Meksika bilan chegarada devor qurish haqida fikr bildirmoqda. U buni narkoyo‘laklar hamda noqonuniy muhojirlikni yo‘qotish maqsadida amalga oshirmoqchi.

Mavzuga oid
Top