15:12 / 01.03.2017
4275

TIVda JARning yangi elchisi qabul qilindi

1 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Janubiy Afrika Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Anqara shahrida) Pule Isaak Malefaneni qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi O‘zbekiston Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Qisqa marosimdan so‘ng ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va JAR o‘rtasida manfaatli hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. Shu nuqtai nazardan Elchining O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, «O‘zbekneftigaz» Milliy xolding kompaniyasi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tuzilmalardagi bo‘lajak muzokaralari o‘zaro manfaatli yangi yo‘nalishlarni topish va ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga imkon berishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid
Top