09:16 / 01.03.2017
5172

Tramp: Amerika o‘z chegaralarini ochib qo‘yib boshqalarning chegarasini qo‘riqlagan

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Kongressdagi ilk ma'ruzasida ta'kidlashicha, Amerika boshqalarning chegarasini himoya qilish bilan band bo‘lgan, ammo o‘z chegaralarini ochiq qoldirgan. Shu bilan birga, trillionlab dollarlarni havoga sovurgan.

"Biz boshqa mamlakatlar chegaralarini himoya qildik, ammo o‘z chegaralarimizni hammaga, shu jumladan giyohvandlarga ham ochiq qoldirdik. Hozirda ularning soni beqiyos darajaga yetdi", — dedi Tramp. 

"Bundan tashqari, biz xorijda trillionlab dollarlarni sarfladik, bu vaqtda infratuzilmalar va uylarimiz vayronaga aylanib bordi", — deb qo‘shimcha qildi Amerika yetakchisi.

Mavzuga oid
Top