15:04 / 01.03.2017
9307

Tramp: “IShIDni yo‘q qilish uchun musulmon dunyosidagi do‘stlarimiz bilan ishlaymiz”

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID terrorchilik tashkiloti bilan kurashni davom ettirish niyatida.

Trampning kongressdagi chiqishida ta'kidlashicha, Mudofaa vazirligiga IShID – “barcha dinlar va e'tiqodlardagi musulmon va nasroniy erkaklar, ayollar va bolalarni o‘ldirgan, qonunlarni mensimaydigan guruhni”ni yo‘q qilish bo‘yicha reja ishlab chiqish vazifasini bergan. Nutq matnining ba'zi qismlari OAV ixtiyoriga kelib tushgan. 

“Biz ittifoqchilarimiz, xususan musulmon dunyosidagi do‘stlarimiz hamda ittifoqchilarimiz bilan sayyoramizdan bu jirkanch dushmanni yo‘q qilib tashlash uchun ishlaymiz”, - deya xulosa qildi u.

Top