11:19 / 01.03.2017
9110

Trampning yangi immigratsiya farmoni kimlarga ta'sir qilmasligi ma'lum qilindi

Donald Trampning yaqin orada imzolashi kutilayotgan yangi immigratsiya farmoni Amerika vizalari hamda Green Card egalariga ta'sir qilmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasida so‘z yuritilmoqda.

AQSh prezidentining avvalgi immigratsiya farmoni aksar aholisi musulmonlarni tashkil etuvchi yetti mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlar edi. Bunda viza olganlar va Green Card sohiblariga ham Amerikaga kirish mumkin emas edi. Keyinroq, Vashington ma'muriyati vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lganlarga yon berishga majbur bo‘ldi. 

Nashrning xabar qilishicha, yangi farmonda, shuningdek, diniy kamsonli kishilarga qochqin maqomini berish bo‘yicha murojaatlarni birinchi galda ko‘rib chiqishga doir band ham bo‘lmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Tramp yangi farmonga bugun, 1 mart kuni imzo chekishi kutilmoqda.

Top