10:53 / 02.03.2017
6256

2016 yilda AQShda maxfiy axborot sizib chiqishi hajmi 2 barobar ko‘paygan

AQShda maxfiy ma'lumotlar sizib chiqishi bilan bog‘liq holatlar 2016 yilda 2 barobar ko‘paygan. Bu haqda AQSh Adliya vazirligining rasmiy statistik ma'lumotlarida keltirilgan.

Adliya vazirligi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda Qo‘shma shtatlardagi vakolatli organlarga «maxfiy ma'lumotlarning ruxsatsiz oshkor etilgani» bo‘yicha 37ta signal kelgan. Bu boradagi ko‘rsatkchi 2015 yilda 18tani tashkil qilgandi.

Vazirlikning tasdiqlashicha, ayni vaqtda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga qarshi OAV vositasida keng ko‘lamli kampaniya olib borilmoqda. Qarshi kuchlar yangi rahbariyatning Rossiya bilan aloqalarini tasdiqlovchi dalillar qidirishmoqda.

Maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqish holatlari bilan bog‘liq muammolar avvaldan mavjud. 2009 yildan 2015 yilgacha har yili o‘rtacha 39,7 martadan shunday holat qayd etilgan. 2009 yilda 44, 2010 yilda 33,  2011 va 2014 yillarda 41tadan, 2012 yilda 46, 2013 yilda esa 55ta shunday holat qayd etilgan.

Bundan oldinroq Tramp OAVda u haqdagi ma'lumotlar tarqalib ketishida Obamani ayblagandi. 

«Mening fikrimcha, buning ortida (sobiq) prezident Obama turibdi, bunda uning odamlarining qo‘li bor. Tarqalgan ma'lumotlarning ba'zilari aynan shu guruhdan chiqayotgan bo‘lishi mumkin», — degandi Tramp.

Top