17:59 / 02.03.2017
5443

2016 yilda Yevropa Ittifoqi mudofaaga qancha mablag‘ sarflagani ma'lum

Foto: AFP

2016 yilda Yevropa Ittifoqiga a'zo-davlatlar mudofaa sohasiga 206,1 milliard yevro sarflashdi. 2012 yilda bu ko‘rsatkich 199 milliardni tashkil etgandi. Bu ma'lumotlar Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti va Stokgolm dunyo muammolari tadqiqot instituti tomonidan e'lon qilindi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOning Yevropadagi a'zolaridan mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foiziga qadar oshirishni talab qildi. Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker kuni kecha, bugungi  xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat Yevropa Ittifoqi davlatlaridan mudofaa byudjyetlarini oshirishni talab etayotganini ma'lum qildi. Biroq bu iqlim o‘zgarishlari bilan kurash va rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligini kerak.

Ma'lumotlarga ko‘ra, NATOga talab etiluvchi YaIMning 2 foizlik ko‘rsatkichidan faqatgina Gretsiya va Ispaniya oshgan, mos darajani esa Buyuk Britaniya qayd etgan. Ushbu uch mamlakatga umumiy hisobda YeIning 2016 yildagi barcha mudofaa xarajatlarining 60 foizi to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, 2014 yildan YeIning 14 davlati mudofaa byudjyetlarini oshirishgan.

Ekspertlar ma'lumotiga ko‘ra, mudofaaga xarajatlarning eng ko‘p hissasi G‘arbiy Yevropa davlatlariga to‘g‘ri keldi – 139,7 milliard yevro (Avstriya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya). Janubiy Yevropa mamlakatlariga esa 38,7 milliard yevro (Xorvatiya, Kipr, Gretsiya, Italiya, Malta, Portugaliya, Sloveniya, Ispaniya), Sharqiy Yevropa mamlakatlariga - 14,9 milliard yevro (Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya), Shimoliy Yevropa mamlakatlariga - 12,8 milliard yevro (Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Latviya, Litva, Shvetsiya) to‘g‘ri kelgan.

2014 yilda NATOning Uelsdagi yig‘ilishida uning barcha ishtirokchilari 10 yil davomida mudofaa xarajatlari miqdorini YaIMning 2 foiziga oshirish haqida majburiyatni olgandi. Bu Shimoliy Atlantika alyansi tarkibiga kirishda har bir mamlakatga tavsiya etiladi. NATO ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda xarajatlar darajasini alyansning 28 a'zo-davlatidan atigi 5tasi bajarmoqda – AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Gretsiya va Estoniya.

Top