07:20 / 02.03.2017
4427

AQShda yuz bergan yong‘inda 4 bola halok bo‘ldi

Foto: AP

AQShning Oregon shtati Riddl shahridagi uylardan birida yuz bergan yong‘in 4 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi, deb xabar qilmoqda ABC News.

Qayd etilishicha, yana 3 kishi turli darajada kuyish jarohatlarini olgan. 

Okrug sherif boshqarmasi vakili Duglas Dues Hatsonning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning yoshi 4 yoshdan 13 yoshgacha ekani aniqlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, jabrlanganlarning ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda. 

Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. 

Mavzuga oid
Top