07:23 / 02.03.2017
15309

AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri o‘ziga yangi ish topdi

Foto:RIA

Barak Obama ma'muriyatida AQSh davlat kotibi lavozimini egallagan Jon Kerri Vashingtondagi Karnegi jamg‘armasida mutaxassis bo‘lib ishlaydigan bo‘ldi. Bu haqda jamg‘arma prezidenti Uilyam Berns ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Jon Kerrining butun dunyoda tinchlik o‘rnatishga sodiqligi Karnegi jamg‘armasi missiyasiga javob beradi", deb aytdi Berns. Uning aytishicha, Kerrining tajribasi "ayni vaqtda har doimgidan ko‘ra zarurroqdir". 

Sobiq davlat kotibining faoliyati atrof-muhit sohasida nizolarni hal qilish va xalqaro chaqiriqlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, Berns o‘z vaqtida Kerri qo‘l ostida uning o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Kerri keyingi akademik yildan boshlab Yyel universitetidagi ta'lim dasturini nazorat qilishi ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top