13:42 / 02.03.2017
17504

Xitoylik ayol o‘g‘li tug‘ilgandan olti kun o‘tib egizak qizlarni dunyoga keltirdi

Xitoyning Xebey viloyatida istiqomat qiluvchi ayol o‘g‘li tug‘ilgandan olti kun o‘tib egizak qizlarini dunyoga keltirdi. Bu haqda China News Service agentligi xabar tarqatdi.

Hodisa Ichan shahrida ro‘y bergan. Ayolning ma'lum qilishicha, 2012 yilda turmushga chiqqan, biroq turmush o‘rtog‘i bilan farzandlari bo‘lmagan. 2016 yilning avgustida u Uxan shahrida davolanish jarayonidan o‘tdi hamda uchta bolaga homilador bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, u 21 fevral kuni og‘irligi 1,44 kilogramm bo‘lgan o‘g‘il farzandini dunyo keltirgan, biroq to‘lg‘oq jarayoni to‘xtab qolgan. Uning akusheri esa homiladorlikni davom ettirish haqida qaror qabul qildi. Dushanba, 27 fevral kuni u egizak qizchalarni dunyoga keltirdi.

"Men farzand haqida orzu qilardim. Endi uchta bolam bor, hamda men nima qilishni bilmayapman", - deya bolalarning onasi so‘zlarini keltirgan agentlik.

Ayni paytda bolalar jonlantirish bo‘limida. Akusherning so‘zlariga ko‘ra, bu uning 20 yillik faoliyatidagi birinchi shunday holatdir. 

Top