11:16 / 02.03.2017
38677

Mingta so‘z o‘rniga! O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun Pinngle messenjerida noyob stikerlar

Hatto yomon sifatli internetda ham juda yaxshi ishlaydigan bepul Pinngle messenjeri foydalanuvchilarning ko‘p sonli talablariga ko‘ra o‘zining “Nakleykalar do‘konida” O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus ruknni ochdi. Unda O‘zbekiston, uning madaniyati va tarixi, an'analari va odatlari, taomlari va turmush tarzini qadrlovchilar uchun yaratilgan mavzuli stikerlar to‘plami taqdim etilgan.

Stikerlar to‘plamida alohida mavzu “O‘zbekfilm” studiyasida suratga olingan kinofilmlarga bag‘ishlangan: mazkur seriyaga kiruvchi har bir stiker — bu kinodan olingan bir kadr va allaqachon xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan ibora. Ularni ota-onangizga, buvilaringiz va bobolaringizga ko‘rsating hamda Pinngle’ni ularning smartfoniga yuklab bering. Quvnoq  xotiralar va yangi muloqot formatiga qo‘shilgani uchun ular sizdan minnatdor bo‘ladi.

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

Pinngle stikerlari oddiy surat emas, ularning har biri o‘z fe'l-atvori, ishoralari va hissiyotlariga ega bo‘lgan original illyutratsiya-obrazlardir. Ular nafaqat his-tuyg‘ular va o‘y-xayollaringizni ifodalashga, balki dunyoning turli burchaklaridagi do‘stlaringizni Navro‘z, Hayit bayramlari va Mustaqillik kuni bilan tabriklashga, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari aks etgan city-stikerni O‘zbekistonning go‘zalligini namoyish etish uchun xorijlik do‘stlaringizga yuborishga ham yordam beradi. Ular yordamida siz kayfiyatingizni bahamlashishingiz, kundalik ishlar haqida gapirib berishingiz, qaynonangiz yoki keliningiz ustidan shikoyat qilishingiz yoki uni maqtashingiz ( bu qaysi tomonda ekaningizga bog‘liq), yoki bugun tushlikka nima tanovul qilganingizni do‘stlaringizga gapirib berishingiz mumkin

Shunday qilib, Pinngle «Nakleykalar do‘koni» sizga o‘z his-tuyg‘ularingiz va o‘y-xayollaringizni ifodalashga yordam beruvchi, muloqotingizni yanada  qiziqarliroq, yorqinroq va mazmunliroq qiluvchi stikerlarni taqdim etadi!

O‘zbekiston shaharlari va bayramlari

Tarixiy qahramonlar 
Fan, san'at va siyosat sohasi buyuk arboblarining  obrazlaridan foydalangan holda bilimlaringizni ko‘rsatishning ajoyib imkoniyati. Asosiysi buni o‘z o‘rnida qilish... 

Kelin
O‘z yo‘lida paydo bo‘ladigan barcha qiyinchiliklarni oson va o‘ynab-kulib yengib o‘tuvchi haqiqiy Sharq ayoli. Unda paydo bo‘ladigan muammolarning asl sababi keyingi illyustratsiyada...

Qaynona
U har doim har xil, faqat bir narsa o‘zgarmaydi – u buyuk va dahshatli, biroq aslida eng mehribon inson.

Buni tushunib yetish uchun esa minglab to‘siqlarni yengib o‘tgan holda uning ko‘nglini topish kerak, xolos…   

Biznesmen

Milliy taomlar
Bugun tushlikka nima tanovul qilganingizni va kechki ovqatga sizni nima kutayotgani haqida hammaga gapirib bering. Ular buni bilishi kerak. Butun olam sizga havas qilsin! Axir  yana qayerda bunday mazali taomlarni tanovul qilish mumkin? 

Film, film, film! 
O‘zbek tiliga o‘girilgan sevimli filmlardan olingan kadrlar, mashhur iboralar va kulgili sharhlar aks etgan ajoyib stikerlar sizga albatta yoqadi: Tanlang!

Stikerlar o‘zi nega kerak? Ular shu paytgacha ozmi-ko‘pmi his-tuyg‘ularni ifodalash kabi vazifani bajarib kelgan bir qolipdagi smayliklarning o‘rniga keldi. Ba'zi futurologlar tez  orada stikerlar so‘zlarning o‘rnini bosadi va odamlar bir-biri bilan faqat intuitiv tushunarli suratlar yordamida muloqot qiladi, degan fikrda. Ammo siz bilan biz stikerlar so‘zlarni yorqin emotsiyalar va fikrlar bilan boyitish imkonini berishini yaxshi bilamiz.  Shuningdek stikerlarsiz uddalab bo‘lmaydigan vaziyatlar ham juda ko‘p, masalan:

  • Muloqotga oldindan muayyan ohang va mavzuni bergan holda suhbatni boshlash zaruratida
  • Muloqotni suhbatdoshingiz uchun “xafagarchiliksiz” ohangida yakunlash payti kelganida
  • Aytishga so‘z yo‘g‘-u, biroq nimadir deyish kerakligida
  • Qalbingiz, yuragingiz va miyangizdagi so‘zlarni ifodalashga so‘z topolmaganingizda

Pinnglening yangi stikerlari yordamida kayfiyatingizni bahamlashing! Stikerlarni Pinngle ilovasining o‘zida, “Nakleykalar do‘koni” toifasida yuklab olish mumkin.

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top