20:04 / 02.03.2017
37654

Putin tunni o‘rmonda o‘tkazdi

Foto:RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sibirda bir kun qolish haqida qaror qabul qildi va Krasnoyarsk o‘lkasidagi o‘rmonda tunni o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar qildi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«U o‘tgan tunni o‘sha yerda o‘tkazdi, bugun ham o‘rmonda qoladi, hamda ertaga ertalab Moskvaga qaytib keladi», - dedi Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, «sharoitlar safardagidek, prezident bir sutka dam olishga qaror qildi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident ertaga, 3 mart kuni Moskvada bo‘ladi. Peskovning ta'kidlashicha, Putin o‘rmonda tunni o‘tkazish haqidagi qarorni Krasnoyarskdagi amaliy dasturi yakuni bo‘yicha qabul qilgan.

Top