22:59 / 02.03.2017
3620

Senatda BMT Bosh kotibi yordamchisi Miroslav Yencha bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev bilan suhbatda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlik hamda ochiq muloqotga asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro aloqalari tobora kengayib borayotgani, iqtisodiyot, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya, madaniyat va ta'lim yo‘nalishlaridagi hamkorlik samaralari alohida qayd etildi.

BMT delegatsiyasi O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralarida ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Top