23:26 / 03.03.2017
7258

AQShda musulmon yigitning o‘limi sinchkovlik bilan tergov qilinishi so‘ralmoqda

AQShning eng yirik musulmon tashkilotlaridan biri – Amerika-islom munosabatlari kengashi (CAIR) Vashington shtatida 18 yoshli musulmon yigitning o‘ldirilishini federal darajada tergov qilishga chaqirdi.

Jabrdiyda Ben Mussa Keita 2016 yil noyabrda bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilingan. 2017 yil yanvarda uning suyaklari Leyk Stivens shahri (Vashington shtati) yaqinidagi o‘rmonda aniqlangan. 

CAIR Federal qidiruvlar byurosiga yigitning o‘limini tergov qilish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Ayni vaqtda FQB bu ish bo‘yicha tergovni qayta boshlash zaruriyatini ko‘rib chiqmoqda.

"Keita oilasi ba'zi savollarga javob topmoqchi va mahalliy politsiya tomonidan o‘tkazilgan tergovning samaradorligiga shubha bilan qaramoqda", deb aytgan CAIR’ning Vashingtondagi vakili Arsalan Buxoriy "Anadolu" axborot agentligiga. 

Buxoriyning aytishicha, odatda politsiya bunday hodisalarni suiqasd uyushtirilgan bo‘lishiga sinchkov tekshiradi, biroq Keita holatida politsiya uch kun ichida yigit o‘z joniga qasd qilgan degan xulosaga kelgan.

Top