17:55 / 03.03.2017
25950

Yashash va ishlash uchun dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi

Nyu-York, Hongkong va London turar-joy va idoralar ijara narxi bo‘yicha dunyoning eng qimmat shaharlari hisoblanadi. Savills Live-Work Index (Turar-joy va idora narxlari indeksi)ning yangi reytingi shundan dalolat beradi. 

Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda bir kishi uchun turar-joy va idora ijarasining yillik umumiy qiymati 111,9 ming dollarni tashkil qiladi, Hongkongda esa - 105,4 ming dollar. 

Bir yil avvalgi reytingda dunyoning eng qimmat shahri deya e'tirof etilgan London shahri bu yilgi ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Kompaniyalar mahalliy ekspatlarga yiliga o‘rtacha 88,8 ming dollar sarflashadi. 

Tahlilchilarning qayd etishicha, Britaniya poytaxti Nyu-Yorkka o‘z o‘rnini boy bergan vaqtda hali Brexit referendumi o‘tkazilmagan edi. Brexit'dan keyin esa funt kursining tushishi natijasida "kumush" ham qo‘ldan chiqarildi. 

Mavzuga oid
Top