16:54 / 03.03.2017
21075

Boks. Xitoy va Qozog‘istondagi mag‘lubiyatlardan keyin terma jamoa tarkibi yana o‘zgartirildi

O‘zbekiston terma jamoasi (Uzbek Tigers) Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 3-turini Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Bugun Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe'ligida tashkil etilgan ushbu turnir doirasidagi bahslar oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir so‘nggida an'anaga muvofiq bokschilar o‘rtasida vazn tortish marosimi o‘tkazilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu bahsga oldingi turda, Qozog‘istonning Astana Arlans klubiga qarshi janglarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoa tarkibi to‘laligicha o‘zgartirilgan. Terma jamoa fevral oyi boshida, 1-turda Xitoyga yutqazgandi va 2-tur oldidan tarkib butunlay yangilangandi.

3-tur uchun tarkibda Rio-Olimpiadasi oltin medali sohibi Hasanboy Do‘smatov ham bor. Shuningdek, Xitoyda jarohat tufayli ringga chiqa olmagan va Qozog‘istonga ham bormagan Elnur Abduraimov (-64) bu safar tarkibga qaytgan.

49 kilogramm:
Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluyev

56 kilogramm:
Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov

64 kilogramm:
Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov

75 kilogramm:
Isroil Madrimov - Rajab Rajabov

91 kilogramm:
Zuhriddin Mahkamov - Islom Tekeyev

 

Top