21:22 / 03.03.2017
4367

Gretsiya ishsizlikka qarshi kurash uchun Jahon bankidan katta mablag‘ so‘ramoqda

Gretsiya hukumati mamlakatdagi yuqori darajadagi ishsizlikka qarshi kurash uchun Jahon bankiga 3 mlrd yevro ajratish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.  

Gretsiya hukumati vakillarining aytishicha, Afina bu mablag‘larni keyingi uch yil ichida yiliga 100 mingtadan ish o‘rni yaratishga yo‘naltirmoqchi.

Gretsiya hukumati vakillarining aytishicha, Jahon bankini mablag‘larni ajratishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. Nashrning ta'kidlashicha, bu bank odatda rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi, Gretsiya esa rivojlangan davlat hisoblanadi.

Jahon bankida Gretsiyadan murojaat olingani tasdiqlangan va u ishchi tartibda ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.

Nashrning ta'kidlashicha, 2016 yili Gretsiyada ishsizlar soni asta-sekin kamayishni boshlagan, biroq ishsizlik darajasi hali ham yuqori bo‘lib qolmoqda va 23 foizni tashkil qilmoqda. Bu miqdor Yevropa Ittifoqi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 marotabaga ko‘proqdir.  

Mavzuga oid
Top