16:22 / 03.03.2017
9519

Xitoy dalay-lamaga oid navbatdagi bayonot bilan chiqdi: Endi Hindiston mojaro markazida

Foto: Globallookpress.com

Dalay-lamaning Hindiston shimoli-sharqidagi Arunachal-Pradesh shtatiga tashrifi Xitoy va Hindiston munosabatlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.

"Hindiston dalay-lama va Xitoy-Hindiston chegaraoldi masalalari jiddiyligini yaxshi tushunadi. Hindiston shunday vaziyatda dalay-lamani Pekin va Nyu-Dehli bahslashayotgan tumanga tashrif buyurishga taklif qilmoqda, - dedi diplomat. – Bu Xitoy-Hindiston chegarasi yaqinidagi barqarorlikning buzilishi hamda ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlarning keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin".

"Xitoy dalay-lama chegaraga yaqin hududlarga borishiga qarshi chiqadi. Biz bu masala yuzasidan bir necha bor tashvishda ekanimizni bildirganmiz hamda Hindistonni yana bir bora amaldagi kelishuvlarni hurmat qilishga chaqiramiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Gen Shuan. Uning ta'kidlashicha, Xitoy TIV pozitsiyasi Hindistonga rasmiy kanallar bo‘yicha bildirilgan.

Ma'lumot uchun, Dalay-lama Hindistonning Dxaramsala shahrida 1959 yildan – Lxasani tark etganidan beri yashaydi. U Xitoy tomonidan “XXR birligiga tahdid uyg‘otuvchi ayirmachi” deb qaraladi. O‘tgan yilning noyabr oyida dalay-lama Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurdi hamda bu Pekinning jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi.

Top