Xitoyning janubi-g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda Daily China nashri xabar bermoqda.
Avtohalokat Lintsan okrugida sodir bo‘lgan. YTHda yuk mashinasi 47 kishini olib ketayotgan avtobus bilan to‘qnashgan.
Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan tergov boshlashgan. YTHning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.