Germaniyada politsiya xodimlari tomonidan bir kun ichida ikki marta mast holatda mashina haydagani uchun to‘xtatilgan erkak 25 yil avval qotillik sodir etganini tan oldi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan 52 yoshli erkak 1991 yil noyabrda Bonnda notanish ayolni o‘ldirganini tan olgan.
Ayni vaqtda huquq-tartibot idoralarida erkakning o‘sha vaqtdagi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.