16:20 / 03.03.2017
16558

Profilaktika inspektori 3 xonali uy bilan ta'minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning barcha sohalar xodimlariga, ayniqsa profilaktika inspektorlariga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, ayniqsa ularni uy-joy bilan ta'minlashga qaratayotgan e'tibori o‘z samarasini bermoqda. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ijobiy natijalarni ko‘rish mumkin, deb xabar beradi KRuz.uz.

- Oilada 6 nafar farzand tarbiyalanganmiz va bitta turar-joyga ehtiyojimiz bor edi,  - deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarlikning oldini olish guruhi militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Azizbek Omirbayev. - O‘zim 1991 yilda tug‘ilganim va yurtimiz mustaqilligi bilan tengdosh bo‘lganim sababli istiqlol g‘oyasi bilan tarbiyalanganman va shunday qudratli yurt farzandi ekanimdan g‘ururlanaman. 

Xabarga ko‘ra, leytenant Azizbek Omirbayev Prezidentning profilaktika inspektorlariga qaratayotgan alohida e'tibori tufayli o‘ziga biriktirilgan ma'muriy hududdan 3 xonali xizmat uyini olgan.

Top