15:28 / 03.03.2017
8508

Turkiya Germaniyani “o‘zini tutishga o‘rganish”ga chaqirdi

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Mevlut Chavusho‘g‘li Germaniyani ikki xil standartlarni qo‘llashda aybladi. Bu holat hukumat Turkiya adliya vaziri chiqishini bekor qilganidan so‘ng yuz berdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.

"Agarda Germaniya Turkiya bilan munosabatlarni ushlab turishni xohlasa, u o‘zini tutishga o‘rganishi lozim", - deya Chavusho‘g‘lining so‘zlarini keltiradi agentlik.

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yeridagi Gaggenau shahri hukumati Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdagning payshanba kuniga rejalashtirilgan chiqishini bekor qildi. Bo‘zdag buni nomaqbul deb atadi hamda germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uchrashuvni bekor qilishi haqida ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiyaning bir necha vazirlari juda ham katta miqdorda turklar yashovchi Germaniyaga tashrif buyurish rejasi haqida ma'lum qilishdi. Bu Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan avval ro‘y berishi mumkin. Turkiya oliy saylov kengashi referendumni 16 aprelda o‘tkazish haqida qaror qilgan. 

Ma'lumot uchun, Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar dushanba kuni Istanbulda asli kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan nemis jurnalisti Deniz Yudjyelning hibsga olinishidan so‘ng yanada keskinlashdi. U Turkiya hukumati tomonidan “terrorchilik faoliyatida ishtirok etish, ma'lumotlardan noqonuniy foydalanish, terrorchilikni tashviqot qilish”da gumonlanmoqda. GFR kansleri Angela Merkel Anqaradan Yudjyelni ozod qilish hamda OAV erkinligiga rioya etishni talab qildi.

Top